OQARTIRISH

OQARTIRISH — turli ashyolar (yogʻoch massasi, toʻqimachilik materiallari, kimyoviy moddalar)ning oklik darajasini kuchaytirish (oshirish) uchun amalga oshiriladigan texnologik jarayon yoki jarayonlar majmui. Kimyoviy vatermik usullari mavjud. Oqartirishda material tarkibidagi boʻyovchi moddalar ketkaziladi yoki yemiriladi. Oqartirishning optik va fotografik usullari ham bor. Optik Oqartirishda ultrabinafsha nurlarini yutuvchi va ularni koʻk yoki binafsha rangga aylan-tiruvchi rangsiz yoki och rangli organik birikmalardan foydalaniladi. Bu usul, asosan, tabiiy va sintetik tolalarni, qogozlar, plastmassalarni Oqartirish uchun qoʻllaniladi. Fotografik Oqartirishda oq-qora va rangli foto va kinomateriallarga ishlov beriladi. Bunday ishlovda maxsus modda taʼsirida foto yoki kinotasvirning metall kumush katlami ok-sidlanib yemiriladi va Oqartirish jarayoni roʻy beradi. Bu usul fotografik tasvirni ravshanlashtirish va kuchaytirish uchun qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x