ANKORIJ

ANKORIJ — AQSHdagi shahar, Alyaska shtatida. Aholisi 226 ming kishi (1990). Tinch okeanning Alyaska qoʻltigʻi sohilidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Transport yoʻllari tuguni Alyaskaning savdo-moliya markazi; yogʻochsozlik, oziq-ovqat (baliq qayta ishlanadi), poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 2 un-t, Arktika indeyslari va eskimoslar muzeyi bor. A. ga 1915-y. da asos solingan. 1964-y. halokatli zilziladan keyin qayta tiklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x