LA-PLATA — Argentinadagi shahar, mamlakatning sharqiy qismida. La-Plata qoʻltigʻining jan. sohilidagi port. Buenos-Ayres provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 553 ming kishi (2001). Savdo va sanoat markazi. T. y. tuguni. Yetakchi sanoat tarmogʻi — neftni qayta ishlash va neft kimyosi. Oziq-ovqat, metallsozlik, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari mavjud. Un-t, rasadxona, muzeylar bor. Shaharga 1882-y. da asos solingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые