OLIMPIYA — Elida (Peloponnesning shim.-gʻarbiy qismi)dagi yunonlar shaxri; Zevs sajdagohi (muqaddas Altis oʻrmonzori). Olimpiya atro-fida Olimpiada oʻyinlari oʻtkazish uchun qurilgan in-shootlar (stadion va b.) joylashgan. Olimpiyada Fidiy ustaxonasi joylashgan. Olimpiya maʼmuriy majmuasi mil. av. 7 — 4-a. larda shakllangan. Mil. 426-y. Rim imperatori Feodosii II buyrugʻiga koʻra oʻt qoʻyilgan, bundan avvalroq u Zevsga sajda qilishni va Olimpiada oʻyinlarini majusiylik belgisi sifatida man qilgan. Qazishmalar natijasida Pe-lops sajdagohi, ibodatxonalar xaro-balari, jumladan, Gera, Zevs, Xudolar onasi, 12 xazina, 130 dan ziyod haykallar, 13 mingga yaqin jez buyumlar, 10 mingga yaqin bitiklar va b. topilgan Olimpiya Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые