NEOKONFUTSIYCHILIK

NEOKONFUTSIYCHILIK (neo… va konfutsiychilik) — Sun dinastiyasi hukmronligi davrida (10—13-a. lar) Xitoy falsafasida paydo boʻlgan oqimlardan biri. Ilk konfutsiychilikdan, asosan, uning axloqiysiyosiy gʻoyasidan farqli oʻlaroq, Neokonfutsiychilikda ontologiya, naturfalsafa va kosmogoniya masalalari muayyan oʻrin egallaydi. Neokonfutsiychilik vakillari yangi gʻoya va tushunchalarni, xususan, ili (burch va qonun) sin-min (tabiat va takdir) kabi tushunchalarni ishlab chikdilar. 10—11-a. da yashab, ijod etgan Sun-fu, Xu-Yuan va Shi Sze Neokonfutsiychilik asoschilari hisoblanadi. Neokonfutsiychilikda 6 ta asosiy konsepsiya — buyuk chegara, prinsip (li-qonun), moddiy kuch, inson tabiati, narsalar tabiatini anglash, insonpar-varlik muhim oʻrin tutadi. N. Min dinastiyasi davrida (1368—1644) yanada rivojlandi, unga oid kitoblar nashr qilindi. Neokonfutsiychilik 20-a. ning 30-y. laridaChen-Chju maktabi gʻoyalari Fen Yulan fal-safiy karashlarining shakllanishida asosiy manba boʻldi. N. Yaponiya, Koreya va Vyetnamda ham katta taʼsirga ega boʻlgan. Neokonfutsiychilik 1949-y. da XXR barpo etilgach, barham topdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x