LAKSHMI BAI (asl ismi Manikarnika) (1835, Banoras — 1858, Guvaliyor) — Jhansi rojaligi malika (rani)si, Hindiston milliy qahramon ayoli, Hindiston xalq qoʻzgʻoloni ishtirokchisi. Eri Jhansi rojasi Gangadhar Rao vafot etgach, hokimiyatni idora etgan. 1854-y. da inglizlar rojalikni bosib olishgan. 1857-y. iyunda Jhansi sipohiylari qoʻzgʻolon koʻtarib inglizlarga katta zarba berishgan. Lakshmi Bai rojalikni oʻz qoʻliga olgan, ingliz mustamlakachilariga oʻzining ular xizmatida ekanini, rojalikni qaytarib berajagini bildirgan, ammo mustamlakachilar uni inglizlar oʻlimida ayblaganlar. Bundan gazablangan Lakshmi Bai qoʻzgʻolonchilarning bir qismiga bosh boʻlib, Jhansini inglizlardan himoya qilgan. Tantia Topi qoʻshinida suvoriylarga bosh boʻlib, mustamlakachilar armiyasi ustidan bir necha gʻalabaga erishgan. Guvaliyor yaqinidagi jangda halok boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые