NEMISLAR

NEMISLAR (oʻzlarini doyche deb atay-dilar) — xalq, Germaniyaning asosiy aholisi (74,6 mln. kishidan ortiq). Umumiy soni 86 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari), jumladan, Rossiya Federa-siyasida 843 ming kishi, Qozogʻistonda 958 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Nemis tilida soʻzlashadi. Dindorlari — protestantlar (asosan, lyute-ranlar) va katoliklar.

Nemis xalqining etnik asosini mil. 1-ming yillik oʻrtalarida Reyn va Oder daryolari oraligʻida yashagan qad. german qabilalari: franklar, sakslar, bavarlar, alemannlar, tyuringlar, tevtonlar, kimvrlar qabilalari ittifoqlari tashkil etgan. Bu ittifoq namoyandalari 10-a. ga kelib oʻzlarini — «tevtonlar» deb atay boshlaganlar. Nemislar 9-a. da elat boʻlib shakllangan. Nemis xalqining shakllanishi jarayonida (12—13-a. lar) gʻarbiy slavyan (polab) va Bol-tiqboʻyi qabilalari (prusslar va ularga qardosh litva qabilalari) ham qatnashgan. 1871-y. da Prussiya yetakchiligida Germaniyaning siyosiy va iktisodiy birlashuvi nemis millatining shakllanishini, asosan, nihoyasiga yetkazgan. Nemislarning aksariyati yuksak rivojlangan sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida band.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x