ROKNROLL (ing. rock and roll — chayqal va aylan) — ommabop musiqa janri, rok musiqanpng ilk shakli. 1950-y. larda AQSHning turli milliy anʼanalari negizida yuzaga kelgan. Unda shaharda yashovchi qora tanli aholi orasida ommalashgan ritmendblyuz (raketa moslashtirilgan blyuz), kantriendvestern (fermerlar folklori), bugivugi va b. uslublar oʻzaro tutashgan. Roknroll oʻzining ehtirosli ohanglari, joʻshqin usullari, yangi va erkin raqs (ayniqsa, bel va tizza) harakatlari bilan tez orada yoshlarni oʻziga jalb qilib, yoshlar musiqasiga asos soldi. Roknroll nr. asosida 1950—60 y. larda yangi (tvist, sheyk, medison va b.) raqslar yuzaga kelgan. Roknroll nr. ning tanikli ijrochilari: E. Presli; «Bitlz» guruhi va b. Oʻzbekistonda 1960—70 y. larda VIA (Mas, «Navo», «Yalla» va b. guruh)lar ijodidan oʻrin olgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые