NEKROZ

NEKROZ (yun. nekrosis — oʻlish) — 1) tirik organizmdagi hujayra, toʻqima, butun aʼzo yoki uning bir qismi nobud boʻlishi. Kimyoviy yoki fizik taʼsirlar (harorat, elektr toki, kuchli kislota yoki ishqorlar, nur energiyasi va b.), shikastlanish, toksinlar (bakte-rial infeksiyalarda) sabab boʻladi. Koʻpchilik hollarda mahalliy qon aylanishining (tromb, emboliya, infarqt, gangrena), shuningdek, toʻqimalar innervatsiyasining buzilishi Nekroz uchun qulay sharoit tugʻdiradi. Nekrozda oʻziga xos oʻzgarishlar hujayralar (yadro va sitoplazma burishib qoladi) va hujayralararo moddada kuzatiladi. Nekroz atrofi ajralib tushadi (hujayra yadrosi va si-toplazmasi bujmayadi) yoki yiringlab iriydi; hujayra kemtigi oʻrnida chan-dik paydo boʻladi. Nekrozning quruq yoki koagulyatsion (oʻlgan hujayra quriydi), hoʻl yoki kollikvatsion (nobud boʻlgan hujayra iriydi) xili ajratiladi. Organizmning biror yerida Nekroz vujudga kelishi uning umumiy holatiga noxush taʼsir koʻrsatadi. Tana yuzasidagi toʻqimalar Nekrozga uchrab iriganda, aksari ularda patogen mikroblar koʻpayadi. Shuning uchun irigan toʻqimalar jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi; 2)oʻsimliklarda — toʻqima yoki organlar ayrim qismlarining nobud boʻlishi. Nekroz paydo boʻlishiga noqulay fizik, mexanik (muzlash, kuyish, shikastlanish va b.) va kimyoviy taʼsirotlar (oʻsimliklarni purkalgan yoki changitilgan preparatlardan kuyishi) yoki mikroorganizmlar bilan kasallanish (barglardagi bakterial va zamburugʻli dogʻlar va b.) sabab boʻladi. Nekroz mahalliy, shuningdek, oʻsimlikning umumiy kasallanishidan paydo boʻlishi mumkin. Mas, gʻoʻza barglaridagi Nekrozni patogen zambu-rugʻ (makrosporioz va vilt) yoki bakte-riyalar (gommoz) vujudga keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x