OKTYABR TOʻNTARISHI — Rossiyada Muvaqqat hukumatnit qurol kuchi b-n agʻdarilishi va hokimiyat tepasiga bolsheviklar partiyasining kelishi [1917-y. 24-26 okt. (6-8 noyab.)]. Fevral inqilobidan keyin Muvaqqat hukumatning ishchilar va dehqonlarning talablari, milliy masalalarni hal qilishdagi sustkashligi va katʼiyatsizligi, Rossiyaning urushda ishtiroki davom etayotganligi umummilliy inqirozni avj oldirdi, markazda ekstremistik (oʻta soʻl) partiyalarning, mamlakatning chekkalarida esa millatchi partiyalarning kuchayishi uchun sharoit tugʻdirdi. Hammadan ham bolsheviklar faol harakat qildilar. Ular Rossiyada sotsialistik inqilobni boshlaymiz, bu jahon inqilobining de-bochasi boʻladi, deb bong urdilar. 1917-y. avg. oxiri — sent. boshlarida bolsheviklar Petrograd va Moskva Sovetlarida koʻpchilikni egalladi va qurolli toʻntarishga tayyorgarlik koʻrdi. 24 okt. dan 25 okt. ga oʻtar kechasi (6—7 noyab.) kurollangan ishchilar, Petrograd garnizonining soldatlari va Boltik, flotining matroslari Qishki sa-royga bostirib kirdi va Muvaqqat hukumat aʼzolarini qamoqqa oldi. Butun Rossiya Sovetlarining 2-syezdida bolsheviklar dastlab soʻl eserlar b-n hamkorlikda Muvaqqat hukumat agʻdarilganligini qoʻllab-quvvatlab, Tinchlik va Yer toʻgʻrisida dekretlar eʼlon qildilar. V. I. Lenin boshchiligidagi hukumat — Xalq Komissarlari Soveti (XKS)ni tuzdilar. Petrograd va Moskvada Muvaqqat hukumatga sodiq kuchlarning qarshiligini shafqatsiz bostirib, Rossiyaning muhim markaziy sa-noat shaharlarida tezlik bilan hukmronlikni oʻrnatdilar. Asosiy dushman — kadetlar partiyasi esa qonundan tash-qari deb eʼlon qilindi, partiya yoʻlboshchilari qamoqqa olindi, matbuot erkinligiga chek qoʻyildi. Shunga qaramay, Taʼsis majlisiga boʻlgan saylovlar (1917-y. 12 noyab.)da bolsheviklar faqat 25% ovoz oldi. 1918-y. 5(18) yanv. da Petrogradda boʻlgan Taʼsis majlisi bolsheviklarning doʻq-poʻpisalardan iborat talablarini rad qilgach, ular tomonidan noqonuniy ra-vishda tarqatib yuboriddi. Bu holat mamlakatning parchalanishi va Rossiyada fuqarolar urushi (1918—22) kuchayishiga olib keldi. 1918-y. mart oyiga kelib Rossiyaning anchagina hududida sovet hokimiyati oʻrnatildi. «Harbiy kommunizm» siyosatiga oʻtilishi, qatagʻon organi — Butun Rossiya Favkulodda komissiyasi (VCHK)ning tuzilishi (1917-y. dek.) va Qizil armiyaning tashkil qilinishi (1918-y. fev.) bolsheviklar gʻalabasini taʼminlab, ularning yakkapartiyaviy hukmronlikni oʻrnatishiga imkon berdi.
1917-y. kuzida Turkistonda hokimiyatning Sovetlar qoʻliga oʻtishi uchun obyektiv shart-sharoitlar yoʻq edi, bolsheviklarning omma oʻrtasida taʼsiri ham oz boʻlgan. Bu yerda asosiy siyosiy kuchlar eserlar va milliy partiyalar edi. Biroq, Oktyabr toʻntarishi haqidagi xabar 27 okt. da Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va soʻl eserlar hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallash uchun kurash boshladilar. Toʻrt kunlik janglardan soʻng Toshkentning yangi shahar qismida sovet hokimiyati oʻrnatildi (1917-y. 1 noyab.). Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteti agʻdarib tashlandi. Biroq qurolli toʻqnashuvda ma-halliy aholi deyarli ishtirok etmadi. 1917-y. 15—22 noyab. da boʻlgan Turkiston Sovetlarining Z-Oʻlka syezdila soʻl eserlar, bolsheviklar va maksimalistlardan iborat Turkiston oʻlkasi XKS (raisi F. I. Kolesov) tuzildi. Hukumat tarkibiga tub millat vakillaridan biron kishi ham kiritilmagan edi. Hokimiyatning Sovetlar tomonidan bosib olini-shini taraqqiyparvar kuchlar (Fitrat, Ubaydulla Asadullaxoʻjayev, Munavvarqori, Mustafo Choʻqay, Sherali Lapin va b.) keskin qoralashgan. Turkistondagi sovet hokimiyati Muvaqqat xukumatdan meros qolgan harbiy kuchlar va b. kurolli kuchlarni oʻz qoʻliga toʻplab, Qoʻqonga hujum qiddi va Turkiston muxtoriyatini tugatdi (1918-y. fev.). Biroq Buxoroga qilingan bosqin (1918-mart) magʻlubi-yatga uchradi (q. Kolesov vokeasi).
Oktyabr toʻntarishi 20-a. da Rossiya va butun jahon uchun kuchli taʼsir qildi. Dunyo siyosiy tartibotida aql bovar qilmaydigan voqealar yuz berdi. Amalga oshirilgan Oktyabr toʻntarishini saklab qolish uchun bolsheviklar butun ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ustidan diktaturani, yaʼni alohida shaxslarning hokimiyatini taʼminlab beruvchi harbiy-siyosiy rejimni oʻrnatdilar. Bu rejim sobiq SSSR hududida qatagʻon siyosatini amalga oshirdi. Garchi Oktyabr toʻntarishi 18—19-a. larda shakllangan sotsialistik gʻoyalar bayrogʻi ostida amalga oshirilgan boʻlsada, aslida maqsad qanday qilib boʻlmasin davlatni qoʻlga olishga qaratilgan edi. Bolsheviklar Oktyabr toʻntarishidan keyin oldingi imperiyachilik siyosatini izchil davom ettirdilar. 20-a. ning 2-yarmida esa imperiya chegarasini Gʻarbiy Yevropagacha yetkazdilar. Dunyoning ikki qutbga boʻlinish jarayoni boshlandi. Bu ja-rayon 20-a. ning 80-y. larigacha davom etdi. Oktyabr toʻntarishi insoniyat tarixiy taraqqiyotini butunlay teskariga burib yubordi. Jamiyat taraqqiyotini taʼminlovchi xususiy mulk, tadbirkorlik, savdo-sotiq, erkin harakat, shuningdek, erkin fikr avvaliga bir qolipga solindi, keyinroq butunlay taqiqlab qoʻyildi. Insoniyat yaratgan, tabiat inʼom etgan hamma narsalar davlat mulkiga aylantirildi. Sobiq Ittifoq hududidagi xalklarning qadriyati astasekin yoʻqotila borildi. Yagona xalq, yagona oila, yagona til kabi sunʼiy qadriyatlar tiqishtirildi.
Xalqni, uning manfaatlarini nazarpisand qilmay, aslida xalq irodasiga qarshi amalga oshirilgan Rossiyadagi Oktyabr toʻntarishi 20-a. dagi davlat terrorizmini boshlab bergan siyosiy voqea edi.
Ad:. Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-ki-tob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Istoriya Sovetskoy Rossii Sankt-Peterburg, 2001; V yer go N., Istoriya sovetskogo gosudarstva, 1900—1991, M., 2001.
Hahramon Rajabov, Sayfiddin Joʻrayev.