RODODENDRON (Rhododendron) — erikadoshlar oilasiga mansub buta yoki kichikroq daraxtlar turkumi. Yer yuzida 600 turi maʼlum. Asosan, Sharqiy Osiyo va Shim. Amerikaning togʻlarida uchraydi. Oʻzbekistonda oʻsmaydi. Rododendron tilla rang va sariq boʻladi. Bargi qalin, yaltiroq, teskari tuxumsimon, qisqa bandli, ketmaket joylashgan. Guli sariq yoki binafsha rangpushti, toʻpguli soyabonsimon. Mevasi 5 uyali koʻsak, bargi tarkibida arbuTilla rang rodotin va q glikodendron zidlar, flavonoidlar, oshlovchi va b. moddalar bor. Bargining damlamasi xalq tabobatida bod, yurak kasalliklarida hamda siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Rododendronning manzarali turlari bogʻ va xiyobonlarda oʻstiriladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые