LYAONIN — Xitoyning shim.sharqiy qismidagi provinsiya. Jan. dan Sariq dengiz oʻrab turadi. Mayd. 151 ming km2. Axoliyey 41,57 mln. kishi (1998). Maʼmuriy markazi — Shenyan sh. Yer yuzasi oʻrqirli (30% maydoni tekislik), sharqida togʻli. Iqlimi mussonli iqlim, yozi issiq va sernam, qishi sovuq, qor kam yogʻadi. Yiliga 500—1000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Asosiy daryosi — Lyaoxe. Togʻlar keng bargli va igna bargli oʻrmonlar bilan krplangan, tekislik qismi dasht. L. — mamlakatning muhim sanoat r-nlaridan. Konchilik sanoati (toshkoʻmir, yonuvchi slanes, temir rudasi, rangli metall rudalari olinadi), kora va rangli metallurgiya, ma-shinasozlik (kemasozlik, vagonsozlik, elektrotexnika buyumlari, kon sanoati jixrzlari, stanoklar, traktorlar i. ch.) rivojlangan. Kime, neftni qayta ishlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Shenyan, Anыpan, Bensi, Fushun. Q. x. da dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Bugʻdoy, sholi, makkajoʻxori yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan paxta, kanop, tamaki, yer yongʻoq ekiladi. Ipakchilik rivojlangan. Baliqovlanadi. Tuz olinadi. Asosiy portlari — Dalyan, Inkou.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые