LINOLEUM

LINOLEUM (lot. Linum — zigʻir mato, polotno va oleum — moy) — polimer rulon (oʻram) material. Asosli (zigʻir toladan toʻqilgan matoli, pergalinli yoki issiqlik-tovush izolyatsiyali) hamda asossiz (bir va koʻp qavatli), polivinilxloridli, gliftalli (alkidli), kolloksinli (nitrolinoleum) va rezinali (relin) xillarga boʻlinadi. Linoleum 1,5—4 mm qalinlikda, eni 2 m gacha, uz. 6—20 m boʻlgan rulon (oʻram) va koʻp rangli qilib ishlab chiqariladi. Bino va avtomobil pollariga qoplash va b. maqsadlarda ishlatiladi.

Linoleum dastlab 1864-y. Angliyada ishlab chiqarilgan. U jut matoga (asosga) oʻsimlik (zigʻir, kungaboqar va b.) moyi, poʻkak kukuni va b. qoplangan gliftalli materialdan iborat boʻlgan.

Linoleum tekis asosga (taxta yoki sement polga, shpaklepkalab tekislangan avtomobil poliga) polimer mastika yoki maxsus yelim yordamida yopishtiriladi. Standart oʻlchamli xonalarga moʻljallab muayyan oʻlchamda ishlab chikariladigan yaxlit polivinilxlorid L. gilamlari ham bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x