RAHMONOVA Toʻxta (1921.5.6, Toʻrtkoʻl — 1984.4.2, Nukus) — qoraqalpoq aktrisasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1950). 1934-y. dan Stanislavskiy nomidagi Qoraqalpoq teatrida ishlagan. Tabiatan jarangdor ovozi bilan musiqali drama janrida drama va vokal kompozitsiyalarini uygʻunlashtirgan holda toʻlaqonli obrazlar yaratdi. Qoraqalpoq teatrining musiqali drama janridagi yutuqlari Rahmonova ijodi bilan bogʻliq. Gulsara («Gulsara»), Layli («Layli va Majnun»), Oypari («Kuklenbotir»), Gulparchin («Alpomish»), Oysanam («Suymaganga suykanma»), Oygul («Oygul va Obod»), Shohsanam («Oshiq Gʻarib») kabi rollari b-n shuhrat qozondi. Xonanda sifatida oʻzbek va qoraqalpoq qoʻshiqlarini ijro etgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые