LILONGVE

LILONGVEMalavi poytaxti. Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi. 1100 m balandlikda joylashgan. Aholisi 440,4 min kishi (1998). Iklimi ekvatorial, mussonli iqlim. Yillik oʻrtacha t-ra 20°, yiliga 2500 mm gacha yogʻin yogʻadi. Lilongve — Malavini Mozambik va Zambiya bilan bogʻlovchi asosiy t. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Tamaki ekiladigan r-n markazi. Tamaki, makkajoʻxori va boshqa q. x. mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, kiyim-kechak f-kalari, tamaki auksioni bor. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Shaharga 1902-y. da ingliz mustam-lakachilari tayanch punkti sifatida asos solingan. 1964-y. da mamlakat poytaxtini Zombadan Lilongvega koʻchirish haqida qaror qabul qilindi. 1975-y. dan Lilongve — rasmiy poytaxt. L. da Zomba unti tarkibidagi q. x. kolleji va «Kamuzu» kolleji, Milliy kutubxona va b. bor. Eski shahar va yangi poytaxt qismlaridan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x