LIVONIYA (Livonia) — 1) Daugava va Gauya daryolari quyi oqimida liv xalqlari joylashgan viloyat (12-a. — 13a. ning boshlari);
2) hoz. Latviya va Estoniyaning 13-a. ning 2-choragidan nemis ritsarlari tomonidan egallangan butun hududi; 5 ta davlat uyushmasi (Livon ordeni, Riga arxiyepiskopligi, Kurlyandiya, Derpt va Ezel yepiskopliklari);
3) Zadvinsk gersogligi hududi (1561-1629).