POLIEFIRLAR

POLIEFIRLAR — geterozanjirli yukrri molekulyar birikmalar. Oddiy va murakkab Poliefirlarga boʻlinadi. Oddiy Poliefirlar — asosiy zanjirida oddiy efir boglarini tutgan makromolekulalar. Turli kislotali agentlar, spirtlar, al-degidlar, izotsianatlar va b. bilan reak-siyaga kirishadi. Yuqori t-rada destruk-siyalanadi. Oddiy Poliefirlar alkilenlarning beqaror oksidlarini yoki aldegidlarni polimerlab, kup atomli spirtlarni suvsizlantirib, aldegidlar bilan 2 atomli spirtlarni reaksiyaga kiritib va b. usullar yordamida hosil qilinadi. Oddiy Poliefirlarga mansub polioksimetilen, penton, epoksid smolalar muhim ahamiyatga ega. Ular konstruksion materiallar, napda hosil qiluvchi moddalar, emulgatorlar, dielektriklar va boshqalar i. ch. da qoʻllanadi. Murakkab Poliefirlar —umumiy formulasi [—ORO ORʻCO—]pboʻlgan polimerlar, bu yerda R va Rʻ — 2 valentli radikallar. Nuklein kislotalar, dammar, shellak, akaroid, kahrabo kabi tabiiy birikmalar ham murakkab Poliefirlar dir. Murakkab Poliefirlar murakkab efir bogʻlarini hosil qilishga moyil birikmalarni polikondensatlash, siklik efirlarni gidrolitik polimerlash va toʻyinmagan efirlarni radikal mexanizm boʻyicha polimerlash usullari bilan olinadi. Eng muhim sintetik murakkab Poliefirlarga alkid smolalar, polieti-lentereftalat, poliakrilatlar, poli-karbonatlar, toʻyinmagan Poliefirlar vab. kiradi. Poliefirlar sanoatning turli sohalarida keng qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x