OLEFINLAR

OLEFINLAR (frans. defi ant — moy hosil qiluvchi, lot. oleum — moy va facio — qilyapman) , alkenlar — toʻyinmagan uglevodorodlarning gomo-logik qatori, umumiy formulasi SpN2p. Zanjiri ochiq boʻlib, bitta qoʻsh boglidir. Asiklik birikmalarga ki-radi. Olefinlarning eng oddiy vakili etilen SN2=SN2 boʻlganligidan ular etilen uglevodorodlari deb ham ataladi. Etilen va uning yaqin gomologlari (propilen SN2=SN—SN3, butenlar S4N8, amilenlar S5N|0 va b.) koʻpincha alki-lenlar deb yuritiladi. Olefinlar Jeneva no-menklaturasiga muvofiq tegishli toʻyingan uglevodorodlarning nomiga qarab ataladi, faqat «an» qoʻshimcha oʻrniga «yen» qoʻllaniladi va zanjirdagi qoʻshbogʻ oʻrni raqamlar bilan koʻrsatiladi.

Butendan boshlab Olefinlar qatorida struktura izomeriyasi mavjud; bundan tashqari, molekulasida qoʻshbogʻ borligidan Olefinlar geometrik izomerlar holida xam boʻlishi mumkin (q. Izomeriya).

Olefinlar fizik xossasiga koʻra, toʻyingan uglevodorodlardan kam farq qiladi. Ularning qaynash t-rasi alkanlarga Karaganda ancha past, zichligi esa bir-muncha yuqori. Kuyi Olefinlar (S2N4 dan S4N8 gacha) gaz, keyingilari S]8N36 gacha su-yuklik, undan yuqorisi qattiq moddalardir. Barcha Olefinlar rangeiz, suvda de-yarli erimaydi, spirtda oz eriydi, uglevodorod va efirlarda yaxshi eriydi. Olefinlarning qoʻshbogʻiga vodorod, galo-genlar, vodorod-galogenidlar, suv osonlikcha birikadi (bunda moysimon suyuklik hosil boʻladi; O. ning nomi ham shundan olingan). Olefinlar oson izomerlanib, polimerlanib va sopolimerlanib qimmatbaho mahsulotlar hosil qiladi (q. Poliolefinlar, Polietilen, Polipropilen, Poliizobutilen). Yuqori alkillanish qobiliyati Olefinlarning muhim xossasi hisoblanadi (q. Izooktan). O. sanoatda, asosan, neftni qayta ishlash mahsulotlari va tabiiy gazlardan olinadi. Olefinlarning kimyoviy reaksiyalarga kirishish xususiyati yuqoriligi, arzonligi tufayli ulardan neft-kimyoviy sin-tezda plastmassalar, sintetik kauchuklar, kimyoviy tolalar va b. muhim sanoat mahsulotlari olishda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x