POLISTIROL

POLISTIROL [-SN2-SN (S6N5)-] P — stirolnpng chiziqli polimeri, rang-siz yoki sargʻish shishasimon shaffof modda, mol. m. 30000—500000, zichligi 1060 kg/mh shishalanish t-rasi 93°. Sanoatda stirolni polimerlab olinadi. Dielektrik xossasi yuqori, aromatik uglevodorodlarda, keton, efir va aldegidda eriydi; spirtda erimaydi; suv, kislota va ishqorlar taʼsiriga chidamli. Polistirolni quyish, presslash va b. usullar b-n qayta ishlab olish mumkin. Shnekli pressda ishlov berib yupqa elektr izolyatsiya plyonkalari (stirofleks) tayyorlanadi. Karbonat angidrid gazi, azot b-n koʻpiklashtirib penoplast hosil qilinadi. Yuqori chastotali dielektriklar tayyorlashda, uy-roʻzgʻor va texnika buyumlari i. ch. da qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x