NADEJDIN Boris Borisovich

NADEJDIN Boris Borisovich (1905.4.5, Smolensk sh. — 1961.7.3, Toshkent) — kompozitor va pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Moskva konservatoriyasini tugatgach (1936), Toshkent konservatoriyasida (1937-y. dan), Hamza no-midagi musiqa bilim yurtida (1941 — 45) oʻqituvchi. Oʻzbekistonda professional kompozitorlik taʼlimi rivojiga, musiqa maktablari pedagogik (fortepiano) repertuari shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. Ijodida oʻzbek xalq kuylariga keng tayangan va ijobiy qoʻllagan. Bastakorlar T. Jalilov bilan hamkorlikda «Asrlar» (1943) va «Alpomish (1949), Yu. Rajabiy bilan «Farhod va Shirin» (1944) musiqali dramalarini yaratgan. Shuningdek, simfonik orkestr uchun «Simfoniyetta», «Segoh», «Paxta» (Yu. Rajabiy b-n), «Bolalarga», «Vals», ovoz va cholgʻular orkestri uchun «Abdurahmonbegi», «Ey, Vatan»; bolalar uchun fortepiano pyesalari va qoʻshiqlar yaratdi. Toshkentdagi 5-bolalar musiqa maktabiga Nadejdin nomi berilgan. Shogirdlari orasida S. Boboyev, B. Giyenko, Sayfi Jalil, T. Qurbonov, S. Hayitboyevlar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x