NIOBIY

NIOBIY (Niobium), Nb — Mendeleyev davriy sistemasining. U guruhiga man-sub kimyoviy element. Tartib raqami 41, at. m. 92,9064. Bitta tabiiy izotopi 93Nb bor. N. ning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan 95Nb(Tl/2=35 kun) radioaktiv indikator sifatida ishlatiladi. Niobiyni ilk bor ingliz olimi Ch. Xatchet 1801-y. da kashf qilib, «Kolumbii» deb atagan; keyinchalik unga yunon af-sonasidagi qahramon bahodir Tantalning qizi maʼbuda Niobeya nomi berilgan, chunki Niobiyning xossalari tantalga oʻxshaydi. Metall holidagi sof Niobiy 1907-y. da olingan. Atom radiusi 0,145 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsiyey son keltirilgan) Nb2+ 0,085 nm (6), Nb3+0,086 nm (6), Nb4+ 0,082 nm (8), Nb5+ 0,062 nm (4), 0,078 nm (6), 0,083 nm (7), 0,088 nm (8). Oskidlanish darajasi +5, baʼzan +4, +3, +2 va +1.

N. Yer poʻstining massa jihatidan 2-10^3% ini tashkil etadi. Minerallari siyrak uchraydi. Ular 2 guruhga boʻlinadi: biri — tantalniobatlar, yaʼni tantalat va niobat kislotalarning tuzlari, ikkinchisi — titan-tantal-niobatlar, yaʼni tarkibida titan, tantal va Niobiy boʻlgan murakkab minerallar. Niobit (yoki kolumbit) nomli minerallar (FeNbO,)2 birinchi guruhga mansub, uning tarkibida (GʻyeTaO3)2 oz miqdorda boʻladi. L o parit (MeNbO3) +Me(TiO3) (bu yerda Me — Na, Sa, Se, Sr boʻlishi mumkin) ik-kinchi guruhga kiradi. Tabiatda Niobiy tantal, titan, nodir-yer elementlari, uran, toriy va sirkoniy bilan birga uchraydi. Niobit va loparitdan tashqari, piroxlor nomli mineral ham amaliy ahamiyatga ega. Niobiyning yirik konlari Afrikada, Kanada va Norvegiyada, Kola ya. o. da bor.

Niobiy — kulrang metall, zichligi 8,57 g/sm3; suyuklanish t-rasi 2477°, qaynash t-rasi 4760° atrofida. Niobiy korro-ziyaga chidamli, kimyoviy jihatdan juda barkaror element. Kislotalarda, hatto zar suvida ham erimaydi. Lekin suyuqlantirilgan ishqorlarda (havo kislo-rodi ishtirokida) eriydi; natijada niobatlar hosil boʻladi. Koʻpchilik me-tallar bilan qotishmalar beradi. Nitrat kislota bilan ftorid kislota aralash-masida erib, kompleks ftoridlar hosil qiladi. Yuqori t-rada metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. 200° dan yuqorida havoda oksidlanib, Niobiy oksidlarini beradi. Niobiy monooksid, NbO kulrang yaltiroq kukun, suyuklanish t-rasi 1945°. N. (U1)-oksid, NbO2 — qora rangli kristall, suyuklanish t-rasi 1917°, zichligi 5,98 g/sm3. Havoda qizdirilsa NbO5 ga aylanadi. Niobiy (V)-oksid, NbOs rangsiz kristall, suyuklanish t-rasi 1510°, zichligi 4,55 g/sm3. N. poʻlatni mikrolegirlashda, korroziyaga chidamli, olovbardosh yuqori si-fatli poʻlat olishda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x