NIL-SAHROI KABIR TILLARI

NIL-SAHROI KABIR TILLARIAfrika tillari makrooilasi. N.-S. K. t. ning genetik yaqinligi haqidagi faraz amerikalik olim J. Grinberggategishli. Bu tillar, asosan, Markaziy va Sharqiy Afrikada tapkalgan (eng gʻarbiy chegarasi Niger daryosining oʻrta oqimi). N.-S. K. t. da 30 mln. dan ortik, kishi soʻzlashadi; ushbu tillar gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan 6 oilaga boʻlinadi:

1) songaizarma;

2) Sahroi Kabir;

3) maba;

4) fur; 5) sharinil;

6) koma.

N.-S. K. t. ichida shari-nil oilasi alohida oʻringa ega, chunki bu oila oʻz navbatida sharqiy sudan, markaziy sudan, kunama, berta kabi tarmoklarga, tarmoqlar esa guruhlarga boʻlinadi. Umuman, N.S. K. t. ga mansub 50 dan or-tiq til oʻz grammatik qurilishi va lugʻat tarkibiga koʻra oʻzaro keskin farqlanadi, chunki bu tillarga qoʻshni tillar (ayniqsa, xom-som tillari) kuchli taʼsir koʻrsatgan. Olimlar bu tillarni 160 dan ortiq lugʻaviy oʻxshashliklar, shuningdek, 30 dan or-tiq morfologik koʻrsatkichlarning oʻzaro muvofiqligi asosida genetik jihatdan bir deb hisoblagan boʻlsalarda, bunday oʻxshashlik va mosliklar N.-S. K. t. makrooilasidagi hamma tillarda ham mavjud emas.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x