NIKOL

NIKOL (Nicolle) Sharl Jyul Anri (1866.21.9, Ruan – 1936.28.2, Tunis) — fransuz mikrobiologi. De Frans kolleji prof. (1932-y. dan). 1903-y. dan Tunisdagi Paster in-ti d-ri. Ilmiy ishlari, asosan, infeksion kasalliklar (teri va visseral leyshmanioz, toksoplazmoz, traxoma, skarlatina, gripp, Oʻrta dengiz isitmasi va b.)ning qoʻzgʻatuvchilarini oʻrganishga hamda maxsus vaksina va zardoblar tayyorlash usullarini ishlab chiqishga bagʻishlangan. Toshmali terlama (tif)ning qoʻzgʻatuvchisi kiyim biti ekanligini tajribada isbotlab bergan (1909). Nobel mukofoti laureati (1928).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x