NEFTNI QAYTA ISHLASH SANOATI — ogʻir sanoat tarmogʻi, neftni kayta ishlash hamda neft mahsulotlari i. ch. ni qamraydi. Neftdan turli mahsulotlar olish qadimdan maʼlum boʻlsada neft konlarini qidirish, undan sanoat usulida qimmatbaho mahsulotlar olish 19-a. ning 1-yarmida paydo boʻldi. Oʻzbekistonda Neftni qayta ishlash sanoatining toʻngʻich korxonasi Van-novsk (hoz. Oltiariq) neft z-di 1904-y. da ishga tushirilgan.
2-jahon urushidan keyingi yillarda Oʻzbekistonda yangi neft konlari ochilishi bilan Neftni qayta ishlash sanoati jadal surʼatlar bilan rivojlandi, texnika darajasi va i. ch. koʻlami oʻsdi. 1959-y. da Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining 1nav-bati ishga tushirildi. Koʻkdumaloq neft-gaz koni ochilganidan keyin Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qo-rovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1996-y. da qurib bitkazildi. 1997-y. da yuqori sifatli surkov moylari i. ch. ga ixtisoslashgan Oʻzbekiston—AQSH «Oʻz-Teksako» qoʻshma korxonasi tashkil etildi. 2000-y. da Fargʻona neftni qayta ishlash z-di toʻliq taʼmirlandi. Mazkur z-d surkov moylari va yonilgʻi i. ch. ga ixtisoslashgan, i. ch. boʻyicha 30 dan ortiq tex-nologik qurilmaga ega, Oltiariq neft z-di esa yonilgʻi yoʻnalishida.
Neftni qayta ishlash z-dlarida yuqori oktanli benzin (shu jumladan, B-92 aviabenzini), dizel yonilgʻisi, koks, parafin, motor moylariga qoʻshilmalar, yengil avtomashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, ur-chuq moylari), kerosin, bitum, mazut kabi 50 turdan ortiq neft maxsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari i. ch. ni oʻzlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar oʻzlashti-rilmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda neft (gaz kondensata bilan bir-ga) kazib olish hajmi keskin oshirildi. Neftni qayta ishlash sanoati AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyada, ayniqsa, rivojlangan (yana q. Yoqilgʻi sanoati, Neft sanoati).
Abdurahim Ortiqov.