NAFTALIN

NAFTALIN (yun. naphtha — neft) , S|0N8 — aromatik uglevodorod; konden-satlangan 2 ta benzol halqasidan tu-zilgan. Rangsiz, oʻziga xos hidli plastinkasimon kristall. Mol. m. 128,2, suyuklanish t-rasi 80,3°, qaynash t-rasi 218°. Zaharli, zichligi 1025 kg/m3. Suvda oz, spirt, efir, benzolda yaxshi eriydi. Toshkoʻmir chirki (dyogoti)dan olinadi. Naftalin koʻpgina organik yarim mahsulotlar, boʻyagichlar (naftollar, naftilaminlar va ularning sulfokislotalari), plastifikatorlar, suyultirgichlar, sirt faol moddalar va b. olishda boshlangʻich mahsulot hisoblanadi. Naftalinning yaqin gomologlaridan — metilnaftalinlar oʻsimliklarning oʻsish regulyatorlari sifatida, polimetilnaftalin insektitsid sifatida, Naftalinning sulfokislota tuzlari emulʼgatorlar sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x