KADMIYLASH

KADMIYLASH — asosan, poʻlat buyumlar sirtiga 7—20 mkm qalinlikda kadmiy qatlami yugurtirish; buyumlarni korroziyadan saqlash uchun qoʻllaniladi. Elektr kimyoviy usul bilan va vakuum ostida qoplanadi. Elektr kimyoviy Kadmiylashda buyumlar kadmiyning oddiy kislotali tuzlari yoki murakkab komplekslarining suvdagi eritmasida elektroliz qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Vakuum ostida Kadmiylashda qoplanadigan material (kadmiy) toʻzitiladi va zarralarining yoʻnaltirilgan oqimi hosil qilinadi, soʻngra buyum sirtiga oʻtiradi. Samolyot, kemalarning eng muhim detallari, tropik iqlimda ishlatiladigan buyumlar kadmiylanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x