NADDOF

NADDOF (arab. — taramoq, titmoq) — oʻrta asrlarda paxta yoki jun tituvchi, savalovchi kishi. Oʻrta Osiyoning yirik shaharlarida alohida mahallalarda yashagan. Ularning mehnati, asosan, kalavachilik — ip yigiruvchilarga paxtani chigitdan ajratib, savalab berishdan iborat boʻlgan. Naddoflar shahar aholisining eng kambagʻal tabaqasi hisoblanib, bosqinchilik zulmiga qarshi qoʻzgʻolonlarda asosiy kuchni tashkil etgan. Mac, Samarqandda moʻgʻullar zulmiga qarshi koʻtarilgan Sarbadorlar qoʻzgʻoloniga Naddoflar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluip (Kalaviy) Naddof boshchilik qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x