LUGANSK

LUGANSK (1935-58 va 1970-90 y. larda Voroshilovgrad) — Ukrainadagi shahar, Lugansk viloyati markazi. Donbassning (Doneskdan soʻng) ikkinchi muhim shahri. Lugan va Olxovaya daryolarining qoʻshilish joyida. T. y. tuguni. Aeroport bor. Aholisi 480 ming kishi (1997). Donbassning yirik mashinasozlik markazi. Teplovozsozlik, mashinasozlik, avtomobilsozlik, «Dinamo», «Uglepribor», akkumulyatorlar, kuvurlar va boshqa z-dlar, yengil (mayin movut k-ti, trikotaj, poyabzal, tikuvchilik f-kalari), yogʻochsozlik, kimyo-farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3-oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Sharqiy Ukraina un-ti), 3 teatr, filarmoniya, telemarkaz, 3 muzey (oʻlkashunoslik, badiiy, V. I. Dal uymuzeyi) mavjud. Lugansk 1975-y. da Yekaterinoslav (1797-y. dan Lugansk) choʻyan quyish z-di ishchilari uchun qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x