Tepki kasalligi bepushtlikka sabab bo‘ladimi?
✍️ Ahadjon Abduxalilov, sog‘lom hayot targ‘ibotchisi
🔶 Tepki kasalligi og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat hazm bo‘lishida ishtirok etuvchi so‘lak bezlari yallig‘lanishi bilan namoyon bo‘ladi, kasallik tibbiyotda epidemik parotit deyiladi.
🔷 Kasallikni qo‘zg‘atuvchi viruslar bez to‘qimalarida autoimmun jarayonlarni keltirib chiqara oladi, jumladan, o‘g‘il bolalarning jinsiy bezlari — moyaklarga viruslarning hujumi orxit kasalligiga olib keladi.
🔸 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kasallik asoratlarsiz kechadi, undan katta bolalarda ikki moyakning yallig‘lanishi bepushtlikka olib kelishi mumkin!