1 yoshgacha bo’lgan bolalarni chiniqtirish
Organizmning immun tizimi oxirigacha to’liq o’rganilmagan murakkab jarayonlar to’plamidir. Immunitetni sun’iy yo’l bilan oshirish har doim ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Immunitet yillar davomida shakllanadi. Bola tug’ilmasidanoq immun tizim shakllanib boradi ona homiladorlik vaqtida turli mikroblar bilan to’qnashadi va onaning antitelolari qon orqali bolaga o’tadi.
Tug’ruqdan so’ng antitelolar bolaga ona suti orqali o’tadi. Shuningdek bolaning o’zi ham mustaqil tashqi omillarga nisbatan kurashadi.
Immunitetni mustahkamlashda ona sutining roli katta. JSST 6 oygacha faqat ona suti bilan immunitetni ko’tarishni tavsiya qiladi. Lekin bola sun’iy oziqlantirilsa tabiiyki ona suti bilan oziqlanadigan bolaga nisbatan 6 oylik bo’lguncha immun tizimi sust bo’ladi. 6 oylikdan keyin bolaga qo’shimcha ovqat beriladi va mana shu davrdan boshlab organizmni immun tizimini tabiiy yo’l bilan ko’tarishga imkon bo’ladi. Sun’iy ozuqadagi bolaga qo’shimcha ovqat 5 oylikdan boshlab beriladi ya’ni bola aralash ovqatlanishga o’tadi. Bolada ichak florasining shakllanishi, immunitet ko’tarish uchun zarur vitaminlar oqsil yog’ va uglevodlarning balansi aynan shu qo’shimcha ozuqaga bog’liq bo’ladi.
5 oylikkacha bolani qanday chiniqtiramiz?
1. Bola uchun optimal tashqi muhit yaratamiz:
a.toza kislorodga boy havo xona temperaturasi 17-25° namlik 60-70% bo’lishi shart.
Bizda chaqaloqni parvarishlash uchun xonani nihoyatda issiq, quruq va dim qilib qo’yishadi. Bu noto’g’ri. Bola uchun salqin va nam havo nafas olishini osonlashtiradi va o’pkalarini chiniqtiradi.
b. Tozalik muhim lekin steril darajada bo’lmasligi kerak.
Bolani xonasi o’zi buyumlari toza bo’lishi kerak. Ammo immun tizim rivojlanishi uchun bola tashqi muhitdagi mikroblar bilan ham oz miqdorda to’qnashishi kerak. (Bu bilan xonani tozalamang, demoqchimasman tozalang, lekin spirt xlorga bo’ktirib, bolani bosh-oyoq dezinfeksiya qilmang) Bola bir umr steril muhitda bo’lmaydi. Ko’chaga bog’chaga chiqadi, uni steril shar ichiga solib qo’yolmaymiz.
Tashqaridan oz miqdorda mikrob kirganida immun tizim unga qarshi kurashadi va antitela hosil bo’ladi. Antitelalar keyingi safar shu mikrob bilan qayta to’qnash kelganda darhol yo’q qiladi.
c. Bolaning atrofidagi yaqin odamlarning adekvat yondashuvi
Adekvat yondashuv. Bu nima?
Har bir oila a’zosi bola uchun mas’ul. Lekin bu ma’suliyat turlicha taqsimlanadi.
Ona- eng asosiy roldagi inson. Albatta har bir ayolda onalik instinkti tug’ma bor. Lekin oilaviy sharoit, pishir-kuydir, tozalash ishlari ba’zan shu instinktni susaytirib qo’yadi. Onalarga bekorga 3 yil dekret ta’tili berilmaydi. Dekretdagi ayol yoki uy bekasi hamma uchun g’irt bekorchi insondek ko’rinadi. Shu sababdan unga qo’shimcha yuklama kerak ya’ni uyni shunchaki kunlik tozalash emas, «generalniy uborka» qilishi, kun bo’yi faqat bitta ovqat qilmasdan yoniga salat somsa yoki shirinlik tayyorlashi, bekor o’tirmay tikish-bichish, ekin-tikin kabi ishlar bilan shug’ullanib ro’zg’orga foydasi tegishi kerak. Shuncha ishdan ortib ona bolaga qancha vaqt ajrata oladi?
Ota — ona bilan teng mas’ul shaxs bo’lsada faqat moddiy ta’minot bilan cheklanib qolgan. Otalik instinkti afsuski tug’ma bo’lmaydi. Otalik instinkti ota bola bilan birga vaqt o’tkazganda shakllanib boradi. Bizda otalar bola bilan qancha vaqtini birga o’tkazadi?
Buvi va bobo — ota-onaga nisbatan kamroq ta’sir o’tkazishi kerak bo’lgan ammo bizning mentalitetda ko’proq aralashadigan oila a’zolaridir. Ona shifokor buni tavsiya qilgan desa ham buvilar inkor etib o’z tajribalarini singdirishga harakat qilishadi. Ularning tajribayu maslahatlari hozirgi kunga mos keladimi?
Aka va opalar — bolaga ya’ni ukasi yoki singlisiga nisbatan mehr his qilishi, ota-onasining e’tibori hozir chaqaloqqa ko’proq zarurligini to’g’ri qabul qilib rashk qilmasliklari kerak. Kerak bo’lsa onasiga bolani parvarishlashiga yordam berishi kerak. Lekin buning uchun aka yoki opa ongli his qila oladigan yoshda bo’lishi zarur. Bizda esa farzandlar ketma-ket 1-2 yosh farq qiladi. Xatto 1 yoshga to’lmay turib aka yoki
opa bo’lib qolgan bolalar bor. Bunda ona hamma farzandlariga birdek e’tibor berishga ulguradimi?
2. Jismoniy aktivlik. Hali emaklash uyoqda tursin xatto o’tira olmaydigan boladan jismoniy aktivlik kutish mumkinmi? Mumkin. Bola dumalashi, sudralishi, o’yinchoqni ushlab ko’rishi uchun sharoit yaratish kerak. Bolani massaj qilish ham immunitetni shakllanishiga foyda beradi.(massajga oid videolarni ko’rib o’zingiz ham qilishingiz mumkin)
3. Vaksinatsiya (Bu haqida keyinroq alohida maqola tayyorlayman) Davlat standartida belgilangan hamma vaksinalarni qo’rqmasdan bolaga qildirish shart.
4. Bolani chiniqtirish.
a. Havo bilan- ochiq havoda har kumi sayr qilish kerak. Kun sovuq, bola biroz betob kabi baxonalar sayrni cheklamasligi kerak.
b. Suv bilan- bolani har kuni cho’miltirish kerak. (Qanday cho’miltirish artintirish umuman bola gigienasi va parvarishiga oid hamma ma’lumotlar kanalda bor)
c. quyosh bilan — ertalab soat 7-10 oralig’ida bola ultrabinafsha nurlaridan bahra olishi kerak.
5. Bolani ichi qotmasligi yoki aksincha ichi ketmasligi kerak. (Ich qotganda yoki ichi ketganda diareyada nima qilish kerakligi kanalda berilgan)
6. Bolaning uyqusi tinch va osuda bo’lishi yoshiga mos belgilangan soatda uxlashi kerak. (Bola uchun yoshiga mos uyqu normasi jadvaliga qarang kanalda jadval rasmi bor)
7.Qo’shimcha sun’iy vitaminlar 1 yoshdan keyin beriladi. 1 yoshgacha bo’lgan davrda mumkin bo’lgan yagona vitamin bu — vitamin D. Bu vitamin haqida ortiqcha gapirib o’tirmayman. Kanalda yetarlicha ma’lumot bor.