Insho:Kasbim kelajagim

Insho:Kasbim kelajagim
Reja:
1Kasblar haqida
2Men tanlagan kasb
3Kasblarning a’losi o’qtuvchilik kasbi.

Kasb-kishining mehnat faoliyati, doimiy mashg’ulot turi; muayyan ish turini malakali bajarisjga imkon beradigan bilim mahorati, tajribani talab etadim Buyuk ozuvchilardan biri shunday degan edi:Hayotda siz uchun eng sevimli bo’lgan kasbni tanlang va siz bir umr ishga bormaysiz». Agar kishi o’z sevgan kasbda ishlayotgan bo’lsa u hech qachon har ertalab o’zni ishga ketyapman , deb hisoblamaydi. O’z sevgan kasbi bilan shug’ullanish kishiga zavq,xursandchilik,shijoat, rag’bat kamida ma’naviy ozuqa beradi.
Kasbim-kelajagim degan soz bejizga aytilmagan. Chunki xozirdan tanlangan kasb kelajakda kasbga fidokorlik bilan ishlashga sabab bo’ladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Avvlao men kasbning qanchalik insonlarga foydasi tegishi haqida o’ylab ko’raman. Kelajakda men tanlamoqchi bo’lgan kasb bu-o’qtuvchilik kasbidir. Yoshligimdan bolalarga bo’lgan mexrim boshqacha. Ularga o’zim bilgan narsalarni o’rgatish juda ham yoqadi. Balkim shuning uchun ham o’qtuvchi bo’lmoqchiman.
O’qtuvchi -bu muqaddas so’z . Va bu har qanday vaziyatda ham mexribon insondir.

«Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , kasblarning ichida eng sharaflisi o’qtuvchilik va murabbiylikdir.»
I.Karimov

Ustoz! Shu birgina so’z zamirida olam -olam ma’no va hurmat mujassam. O’qtuvchi -sofdil,kamtarin, ma’naviy boy, ahloqan pok insondir.Ustoz! Butun kuchlarini,aql-idroklarini, bilim va zehinlarini shogirtlariga baxshida etgan zahmatkashdir. Xalqimizda bir gap bor » ustoz otangdek ulug’ » ushbu gap zamirida olam-olam ma’no mujassam. Bizning birinchi hayotga qadam qo’yishni o’rgatgan insonlar albatta ustozlardir . Men ham albatta kelajakda ustozlarimga o’xshagan ustoz bo’laman , buning uchun albatta ko’proq harakat va o’qish kerak deb o’ylayman.

@Uzjoku_Unversiteti

3.8 18 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x