Chaqaloqlarga massaj qilish
Tadqiqodlarning ko’rsatishicha, massaj bolani rivojlanishiga, hulq-atvoriga juda ijobiy ta’sir ko’rsatar ekan. Bola massaji bu avallo terini teri bilan munosabatni ta’minlaydi, bu munosabat esa ona va bolaning o’zaro aloqalsini takomillashtiradi, bir birlarini yanada osonroq tushuna olishga yordam beradi.
Albatta ayrim hollarda massaj tibbiy tavsiya etilgan bo’lishi mumkin. U holda bolangizga maxsus vrach tomonidan massaj qilinadi. Lekin agar chaqaloq sog’lom bo’lib, vazni yaxshi bo’lsa unga ham massaj juda foydali. Bunday bolalarga massajni onaning o’zi qilishi mumkin.
Massaj shunchaki bolaga yoqimli bo’lishidan qat’iy nazar, u bolani yaxshiroq rivojlanishini va o’sishini ta’minlaydi. Ayrim mamalakatlarda bolaga ona massaj qilmasa, bu katta xato deb ta’kidlanadi. Massajning qiziqarli tomoni shundaki, massaj olgan bola tezroq o’sib, yaxshi rivojlanadi. Nega?
1. Bolani silaganda bola organizmida o’sish uchun kerak bo’lgan maxsus moddalar ishlab chiqariladi. Masalan, vaqtidan oldin tug’ilgan chaqaloqlarga massaj qilganda ularning vazni 47%ga ko’proq o’sayotgani kuzatilgan. Hayvonlar ham bolasini tili bilan yalab massajga o’xshash harakatlarni amalga oshiradilar. Yangi tug’ilgan kuchuk bolalarini onasidan ajratib, yalashdan cheklab qo’yganda, bu kuchuk bolalarining o’sish darajasi pasayib ketgan.
Aynan mehr bilan bola silanganda uning o’sishi ta’minlanadi.
2. Yana bir tadqiqodning natijasi ko’rsatishicha, masaj nafaqat tanani o’sishiga yordam beradi, balki miya rivojlanishiga ham katta ijobiy ta’sir ko’rsatar ekan. Tadqiqodchilar aytishicha, chaqaloqni silab massaj qilganda, unda mielin moddasi ajralib chiqar ekan. Bu modda esa miya rivojlanishi uchun foydali ekan.
3. Bolaga massaj qilish uning hazm qilish tizimini rivojlanishiga ham foydali. Bolani silab, massaj qilib tursa uning hazm qilish tizimi yanada yaxshiroq faoliyat ko’rsatar ekan, qorin og’rish kabi muammolar yo’q bo’lar ekan.
4. Massaj bolaning xulqini yaxshilaydi, bolani silab, mehr bilan massaj qilsa u o’zini suyukli deb his qilib xulqi yaxshilanar ekan. Uyquga qiyin ketadigan bola esa massaj yordamida yaxshi uxlar ekan.
5. Massaj bolani o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi. Bolani sevib, mehr bilan massaj qilsangiz bola o’z kerakliligini his etar ekan.
6. Massaj qilayotgan ota-ona massaj orqali bolasini yanada yaxshiroq o’rgana oladi.
Massaj qilishda bolangizga quloq soling. Qilayotgan harakatlaringiz juda mayin va mehrga to’la bo’lmog’i lozim. Boshida oyoqlaridan boshlab sekin-sekin qorin, qo’l va beliga o’tishingiz mumkin. Chaqaloqlarda asosan silash va asta-asta ezib qo’yish qo’llaniladi. Agar bolangiz tipirchilab, oyoq qo’llarini tortayotgan bo’lsa, demak siz qilayotgan harakat unga yoqmayapti. Bir oz dam berib boshidan mehr bilan, iligan qo’llaringiz bilan massajni qaytaring. Kunda kamida bir marta massaj bola uchun zarur. Borib-borib barmoqlar bilan asta bosish, asta-asta chimchilash, mayin urib qo’yish kabi harakatlarni qo’shib borishingiz mumkin. Yangi tug’ilgan chaqaloqning tizzalarini massaj qilish mumkin emas.
Eng asosiysi, bolaga massaj qilayotganda bolani ko’zlariga qarab, u bilan gaplashib mehringizni ayamang.