ISLOHOT

ISLOHOT — ijtimoiy hayotning biron-bir tomoni (tartiblar, idoralar, muassasalar)ni oʻzgartirish, qaytadan tuzish. Islohot rasman — har qanday mazmundagi yangilikni joriy etish hisoblansada, aslida Islohot deyilganda koʻp yoki oz darajadagi ilgʻor qayta oʻzgartirish nazarda tutiladi. Jamiyatdagi ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlarning pirovard maqsadini vaziyatdan kelib chiqqan holda toʻgʻri belgilab olish muhimdir. Islohotlar turli mamlakatlarda ularning geografik joylashishi, iqlimi, iqtisodiy, intellektual salohiyati, maʼnaviyati, madaniyati, milliy xusu-siyatlari va b. oʻziga xos omillardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy, maʼrifiy, huquqiy va sh. k. sohalarida alohida yoki bir necha soqalarida bir yoʻla Islohot qilinishi mumkin. Islohot vaziyatga qarab tadrijiy tarzda, bosqichmabosqich amalga oshirilsa muvaffaqiyatli boʻladi. Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach, jamiyat hayotining xdmma sohalarida tub oʻzgarishlar boshlandi. Jumladan, bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga yoʻnaltirilgan Islohotlar xalqning turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgandir (yana q. Iqtisodiy islohotlar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x