Bolaga kunduzgi uyqu kerakmi?

😴Bolaga kunduzgi uyqu kerakmi?

Kunduzgi uyqu — to‘g‘ri rivojlanishi uchun bolaga zarur bo‘lgan jismoniy ehtiyoj hisoblanadi. Bola o‘rtacha olganda bir yarim yoshdan boshlab bir martalik 2,5 — 3 soatga yaqin davom etadigan kunduzi uxlash tartibiga o‘tadi.

Bunday tartib odatda asta-sekinlik bilan uyqu davomining kamayishi bilan 6-7 yoshgacha saqlanib qoladi. Ba’zan bolalar kunduzi uxlashdan ertaroq — 3−4 yoshida voz kechishadi.

❓Bolaning uxlashiga qanday yordam berish mumkin?

Bolaning krovatchasini qulay va shinam qilib jihozlash juda muhim. Bolaning xotirjam uxlashiga o‘yinchoqlar ham yordam berishi mumkin — masalan, krovatda bola bilan birga “uxlaydigan” qo‘g‘irchoq yoki yumshoq ayiqcha.

❓Kunduzgi uyquni qachon bekor qilish mumkin?

Bolaning asab tizimi doimiy og‘irliklarni boshdan kechirib endigina rivojlanayotgan bo‘ladi va faqat uyquda to‘liq dam oladi. Yoshi o‘lg‘ayishi bilan uning kunduzgi uyquga bo‘lgan ehtiyoji kamaya boshlaydi. Olti yoshdagi bolalarga bir soatlik uyqu ham yetarli bo‘ladi.

Bolalar ko‘pincha kunduzi uxlashdan bosh tortadi. Bu qiziqarli o‘yindan ajralgisi kelmaganidan yoki ertalab kech uyg‘ongani sababli yuz beradi.

❓Bola kunduzgi uyqudan qachon bosh torta boshlaydi?

Bolalar kunduzgi uyqudan doimiy ravishda bosh tortishni ko‘pincha uch yoshdan boshlaydilar. Bu yoshda hali kunduzgi uyqu juda zarur bo‘ladi va ota-onalar yaxshisi bolaning kunduzi uxlashni davom ettirishiga harakat qilishlari lozim.

❓Agar bola kunduzgi uyqudan juda erta bosh tortayotgan bo‘lsa nima qilish kerak?

Agar bola kunduzi uxlamayotgan va bundan hech qanday noqulaylik his qilmayotgan bo‘lsa, unda ota-onalar kunduzi bolaning biroz bo‘lsa ham xotirjam sharoitda dam olib yotishi uchun vaqt ajratishlari kerak. Bunday sokin hordiq kuch yig‘ilishiga va asab tizimining mustahkamlanishiga yordam beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x