ISKANDAR MIRZO

ISKANDAR MIRZO — (13841415.9.6, Sheroz) — Iroq va Fors hokimi (1412—14). Temuripyaaryaap. Amir Temurning nabirasi, Umarshayx Mirzoiiig oʻgʻli. Onasi — Milkat Ogʻo begim. 1399-y. bobosi safarga ketayotib, uni Fargʻona hokimi etib tayinlagan. Samarqand taxtida oʻtirgan muvaqqat hukmdor Muhammad Sulton I. M. ni be-bosh, oʻzboshimcha siyosatidan norozi boʻlib uni Samarqandga chaqirtirgan hamda Iskandar Mirzoning otabegi va 26 navkarini qatl ettirib oʻzini esa qamoqqa olgan. 1401-y. I. M. qamoqdan chiqarilib, unga kaltak jazosi berilgan. Sohibqiron 1403-y. I. M. ni Hamadon viloyatining hokimi etib tayinlagan. Amir Temur vafotidan soʻng Iskandar Mirzo akalari Pirmuhammad Mirzo va Rustam Mirzolar bilan Fors, Huziston, Kermon, Qum viloyatlarida oʻzaro nizolashib kurash olib borgan. Pirmuhammad Mirzo 1410-y. xiyonatkorona oʻldirilgach, Iskandar Mirzo akasining vorisi sifatida Sheroz taxtini egallaydi. Iskandar Mirzo Kermon (1411), Qum (1412) ni egallab, Iroq va Fors hukmdoriga aylanadi. U Isfahonni oʻziga poytaxt qiladi, oʻz nomidan pul zarb ettirib, xutbani Shohrux nomiga emas, oʻz nomiga oʻqitadi, Huroson xududida bosqinlar uyushtiradi. Shohrux qoʻshini bilan boʻlgan jangda Iskandar Mirzo yengiladi, Isfahon sh. egallanadi (1414-y. 20 iyul). Shohrux Iskandar Mirzoni va unga tobe yerlarni Rustam Mirzoga topshiradi. Rustam Mirzo I. M. ning koʻzlariga mil tortib koʻr qiladi va maxsus nazoratda saqlaydi. Biroq, Shohrux bundan xabar topib Iskandar Mirzoni ukasi Boyqaro Mirzo huzuriga joʻnatadi. Iskandar Mirzo ukasini saltanatga qarshi kurashga gijgijlaydi. Boyqaro Mirzo akasi soʻziga kirib Sherozga qoʻshin tortadi. Rustam Mirzo Iskandar Mirzoni qoʻlga olib yana hibsda saqlay boshlaydi; 1415-y. 9-iyunda Boyqaro Mirzoni Sherozga kirganidan xabar topgach, Iskandar Mirzoni qatl ettiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x