LATSIS Vilis Tenisovich

LATSIS Vilis Tenisovich [1904. 29.4(12.5), Rinuji qishlogʻi, hoz. Riga tumani — 1966.6.2, Riga] — Latviya xalq yozuvchisi (1947), davlat va jamoat arbobi. Dastlabki asarlari — «Ayol» (1930) novellasi va «Ozodlikka chiqqan yirtqich» fantastik romani (1931). Romanlarida latish xalqining hayoti aks ettirilgan («Qanotsiz qushlar», trilogiya, 1931 — 33; «Baliqchi oʻgʻli», 1 — 2-kitob, 1933 — 34; «Boʻron», 1 — 3-kitob, 1945 —48). Latsis «Yangi qirgʻoq sari» (1950—51), «Dengiz boʻyidagi qishloq» (1954), «Momaqaldirokdan soʻng» (1962) va b. romanlar muallifi. «Boʻron» romani va b. asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. As: Baliqchi oʻgʻli, Roman, 1958; Vatanni qoʻmsab, T., 1961.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x