Bolaning terisi

Bolaning terisi

Bolaning terisi kattalarnikidan farq qiladi, shuning uchun bolaning terisiga alohida ahamiyat berish lozim.

Birinchidan, bolada ter chiqaruvchi bezlar rivojlanmagan bo’ladi. Shuning uchun bola badanidan issiqlikni ter orqali emas, o’pkasi orqali chiqaradi. Quruq yoki issiq havo o’pka orqali badan issiqligini chiqarishga to’sqinlik qiladi va bolaning hali yaxshi rivojlanmagan ter bezlariga og’irilik tushib, bola terisiga ziyon yetadi.

Ikkinchidan, bola terisining eng yuqori qismi kattalarnikiga nisbatan ingichka bo’ladi. Shuning uchun arzimagan kimyoviy yoki mexanik ziyon bola terisiga qattiq ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Uchinchidan, bola terisi yog’lar (lipidlar)ga boy bo’ladi. Bu yog’lar kattalar uchun zararsiz bo’lgan moddalarni (kimyoviy poroshok, siydik, kal) bola terisida tez parchalab yallig’lanish oson hosil bo’lishiga olib keladi.

Bola terisining do’stlari:

1. Harorati 20 gradus atrofida, va namlik darajasi 50-70% bo’lgan xona;
2. Sifatli paxta tolasidan qilingan kiyim;
3. Yalong’och bo’lish — bola terisini toza havo bilan kontakt qildirish lozim;
4. Nam gigienik salfetkalar;

Bola terisining dushmanlari:

1. Quruq va issiq havo;
2. Siydik va najas;
3. Teri bilan munosabatda bo’lgan kimyoviy moddalar (kir yuvish vositalari, xlorli suv, sintetik kiyim, sifatsiz parvarish anjomlari);
4. Bola terisi uchun mo’ljallanmagan sovun;
5. Mexanik ziyon keltiruvchi omillar: kiyimga ishqalanish, gilamda emaklash, gigiyenaga rioya qilmaslik.

Krem, losyon, yog’larga kelsak, bu moddalarni ehtiyoj bo’lsagina ishlatish lozim, ya’ni qish kuni ko’chaga chiqmoqchi bo’lsangiz, albatta quruqdan saqlovchi maxsus kremni bola terisi ochiq qolgan joylariga surtib qo’ygan ma’qul. Bolaning terisi siydik va najas bilan doimiy kontaktda bo’lgan joylarni ham maxsus vositalar bilan parvarish qilish lozim.
Lekin ehtiyoj bo’lmaganda turli xil krem va losyonlardan foydalanish kerak emas. Yangi tug’ilgan chaqaloqni cho’miltirib bo’lgach oddiy sterillangan o’simlik(zaytun) yog’i bilan parvarish qilsa, yetarli bo’ladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x