Magistraturada oʻqiyotgan xotin-qizlar kontrakt puli toʻlab beriladi

2022-yil 7-mart kuni imzolangan Prezident farmoni asosida, 2022/23-oʻquv yilidan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlarini davlat byudjetidan qoplab berilishi belgilangandi. Bu yangilikni joriy etish tartibini belgilovchi hukumat qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, davlat OTMlarining magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilingan va oʻqiyotgan xotin-qizlarga bazaviy toʻlov-kontrakt (stipendiyasiz) summalari toʻliq toʻlab beriladi.
Buning uchun talabgorlar oʻzlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrga qadar ariza bilan murojaat qilishi kerak. Shu asosda rektorlar (filial direktorlari) har yili 15-oktyabrgacha tegishli buyruqni qabul qiladi. 15-sentyabrdan keyin berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi va toʻlov-kontrakt summalari qoplab berilmaydi.
Bu tartib davlat oliygohlari bilan birga, quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:

— Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi;

— Bosh prokuratura Akademiyasi;

— Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;

— Bank-moliya akademiyasi.

Shuningdek, bu tartib nodavlat OTMlar va xorijiy OTMlarning Oʻzbekistondagi filiallarida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x