BOLA NIMA UCHUN YIG‘LAYDI?

BOLA NIMA UCHUN YIG‘LAYDI?
💁🏻‍♀Jismoniy sabablar:

— bolaning yoshi bilan bog‘liq o‘ziga xosliklar. Bolalarda bosh miyaning o‘zini nazorat qilish va o‘zini tutishga mas’ul bo‘lgan bo‘limlari yetarli darajada shakllanmagan bo‘ladi;

— haddan ortiq hayajonlanish;

— ochlik;

— charchoq;

— bolaning og‘riqli ahvoli.

💁🏻‍♀Tashqi sabablar:

— oiladagi nosog‘lom muhit;

— jamiyatga yaxshi moslashmaslik.

💁🏻‍♀Xulq-atvor bilan bog‘liq sabablar:

— keskinlikni yo‘qotishga bo‘lgan talab;

— o‘ziga e’tiborni tortishga urinish;

— ruxsat berilgan chegarani aniqlash istagi;

— giperfaollik;

— o‘zligini ta’kidlash, ota-onalarga uning xohishi bilan hisoblashish zarurligini namoyish qilish istagi.

🙅🏻‍♀BOLAGA YIG‘LASHNI TAQIQLASH MUMKIN EMAS. Nima uchun?
Bolakay ko‘z yoshlari yordamida zo‘riqish va asabiylikdan qutuladi. Hayajonlarning yuzaga chiqishi hissiy holatni me’yorga keltiradi. Ota-ona maktabgacha yoshdagi bolaga yig‘lashni taqiqlash orqali jismoniy yoki ruhiy og‘riqni o‘tkazishga imkon bermaydi.

Kattalar odatda “O‘kirishni bas qil, seni mazax qilishadi”, “Yig‘lashni bas qil, katta bola bo‘lib qolgansan”, “Yig‘laganingda, juda xunuk bo‘lib ketasanki”, “Yaxshi bolalar yig‘lamaydi”, deyishadi. Bunday so‘zlardan bolakayda kuchli his-tuyg‘ular – uyalish yoki qo‘rquv paydo bo‘ladi. Bunday insonlar katta bo‘lganida o‘zlarining noroziliklarini izhor qila olishmaydi, o‘zlariga nisbatan yomon munosabatga uzoq vaqt chidaydi, chegara o‘rnata olmaydi.

💁🏻‍♀OTA-ONALAR BOLA KO‘Z YOSHLARIGA QANDAY JAVOB BERISHLARI ZARUR?
🟢Avvalambor, o‘zlari xotirjam bo‘lib olishlari darkor. Chuqur nafas oling va sizning vazifangiz bolaga o‘zini nazorat qilishni o‘rgatish ekanini xotirlang, buning uchun esa, o‘zingizni qo‘lga ola bilishingiz lozim bo‘ladi. Sizning xatti-harakatlaringiz kichkintoyga namuna bo‘lib xizmat qiladi.

🟣Unga baqirmang, yaxshisi u bilan xotirjam gaplashing, undan nimani his qilayotganini so‘rang. Shunda bolakay sizning hayajonlariga befarq emasligingizni tushunadi. Agar uning jazavasi jamoat joyida tutib qolsa, uni boshqalarning ko‘z o‘ngidan chetroqqa olib o‘ting va o‘ziga kelib olishiga vaqt bering.

🟢Bolakay tinchlanganidan so‘ng, uni quchoqlang va siz uni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni ayting.

JAZAVAGA YO‘L QO‘YMASLIK MUMKINMI?
✅Bolaga vaqt ajrating. Uning yaxshi xulqini e’tirof etishni odat qiling, birga o‘ynang, olqishlab turing. Kun mobaynida g‘amxo‘rlik qilish va mehr ko‘rsatishga vaqtingiz bo‘lmasa, yaxshisi maktabgacha yoshdagi bolaning qaysidir bir qilmishi uchun tanbeh berish yoki jazolashdan cheklaning.

✅ Bolalarga ayrim mayda-chuyda narsalarni nazorat qilishlariga ruxsat bering, ularga harakat qilishning bir nechta usulini taklif qiling. Masalan, kichkintoy tushlikka nima tanovul qilishni yoki bogʻchaga ga qaysi kiyimda borishni o‘zi hal qilsin.

✅Bolaga mustaqilligini namoyon etish imkonini bering. Hech qachon uning o‘zi qila oladigan ishni siz bajarmang. Mutlaq nazoratni tark eting va unga xato qilishiga qo‘yib bering.

✅Qoidalar va taqiqlarga rioya qilinishida izchil bo‘ling. Bola tarbiyasida ishtirok etuvchi barcha kattalar hamfikr bo‘lishlari kerak, misol uchun, ona ko‘chaga chiqishga ruxsat bermadimi, ota ham qarshi bo‘lishi kerak.

✅G‘azablangan vaqtingizda farzandingizni hech qachon jazolamang. Odamlar hayajonlangan vaqtda, odatda, noto‘g‘ri yo‘l tutishadi va keyinchalik bundan afsuslanishadi.

✅Farzandingiz imkoniyatlarini inobatga oling. Agar u charchagan bo‘lsa, uni biror ishni qilishga majburlamang, dam olib olsin.

☝️Yodda tuting❗️

Odatda jazavaga tushish xavotirga sabab bo‘la olmaydi va boshqalarning aralashuvisiz ham barham topadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x