KOMPTON EFFEKTI

KOMPTON EFFEKTI — elektro magnit nurlanishlar erkin yoki kuchsiz bogʻlangan elektronlar bilan toʻqnashib sochilganda ularning toʻlqin uzunligi oʻzgarishi hodisasi. 1922-y. da A. X. Kompton kashf qilgan. Kompton effekti yorugʻlikning kvant nazariyasini tasdikdovchi dastlabki amaliy kashfiyot. Kvant nazariya bu effektni ikki zarrafoton va elektronning toʻqnashishi, deb tushuntiradi. Foton erkin qoʻzgʻalmas elektronlar bilan toʻqnashib sochilganda energiyasining bir qismini elektronlarga beradi hamda harakat yoʻnalishi va chastotasini oʻzgartiradi. Demak, toʻqnashish vaqtida foton energiyasi kamayadi, toʻlqin uzunligi X esa ortadi. Foton elektron b-n toʻqnashganda toʻlqin uzunligining oʻzgarishi toʻshayotgan yorugʻlikning boshlangʻich toʻlqin uzunligiga emas, faqat zarraning sochilish burchagi 9 ga bogʻliq. Bu formula «u-nurning moddadan sochilishi uchun ham, shuningdek, rentgen nurlarning yengil moddalar (grafit, parafin va b.)dan sochilishi uchun ham oʻrinlidir. Fotonlar harakatdagi elektronlardan sochilayotganda LX faqat v gagina emas, elektronlarning boshlangʻich energiyasiga ham bogʻliq boʻladi. Fotonlarning c~v tezlikda harakatlanayotgan elektronlardan sochilayotgan holatida teskari Kompton effekti kuzatiladi. Bunda elektronlar energiyasining bir qismini fotonlarga berishi natijasida fotonlarning toʻlqin uzunligi kamayadi. Kompton effekti moddaga toʻshayotgan foton energiyasi elektronning chiqish ishidan bir necha ming marta katta boʻlganida kuzatiladi. Bu hodisa b-n yorugʻlik bosimi, rentgen nurlarining kvant xususiyatlari, yorugʻlikning elektromagnit toʻlqin va foton (zarra) nazariyasi va b. tushuntiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x