NASAFIY

NASAFIY, Abu al-Mutiʼ (? – Nasaf — 930) — shoir. Xayeti va ijodiga oid maʼlumot kam. Arab tilida ijod qilgan. Bizgacha «al-Luʼluiyyot fi-l-mavoiz» («Mavʼizalar durdonalari») asarigina yetib kelgan. Asar ibratomuz hikoyatlar, pand-nasihat, axloq mavzuidagi sheʼrlar, hikmatlardan iborat. Ularda toʻgʻrilik, halollik, rostgoʻylik, yaxshilik, ilmga intilish gʻoyalari ulugʻlangan. Bu asar badiiy adabiyotda didaktik yoʻnalishning shakllanishida, axloqiy-siyosiy yoʻnalishdagi «Siyosatnoma» (Nizomulmulk), «Qobusnoma», «Qutadgʻu bilig», «Xibat ul-haqoyiq», «Qissai Rabgʻuziy» kabi asarlarning yaratilishida muhim rol oʻynagan. Uni Maʼmud ibn Hasan ibn Qozi Oraj «Mayamin ut-tarjuman va munis ul-inson» («Tarjimon saodati va inson doʻsti») nomi bilan fors tiliga tarjima qilgan (1935). 1868-y. da forsiydan oʻzbekchaga «Munis ul-inson» («Insonlar doʻsti») nomida oʻgirilgan nusxalari Sankt-Peterburgdagi Rossiya milliy kutubxonasida saqlanadi.

Ad.: Ravshanov P., Adabiy sahifalar, T., 1985.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x