Toshkent davlat yuridik universiteti kirish ballari, qabul kvotalari
Telefon:
Elektron pochta:
Rasmiy sayt:
Manzil:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi, 35- uy, pochta indeksi: 100047Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistonda tayanch oliy o‘quv va ilmiy-uslubiy muassasa hisoblanadi. Universitet Prezidentimizning 2013 yil 28 iyundagi № PQ 1990-sonli “Huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik instituti negizida tashkil etildi.
Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavrlar 524100 –“Yurisprudensiya (faoliyat turlari buyicha)” ta’lim yo‘nalishi doirasida quyidagi mutaxassiliklar bo‘yicha tayyorlanadi (o‘quv muddati – 4 yil):
Davlat huquqiy faoliyati;
Fuqarolik huquqiy faoliyati;
Jinoyat huquqiy faoliyati;
Xalqaro huquqiy faoliyat;
Tadbirkorlik huquqiy faoliyati (biznes huquqi).
Toshkent davlat yuridik universitetida magistrlar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanadi (o‘quv muddati – 2 yil):
«Davlat boshqaruvi huquqi»;
«Soliq va bojxona huquqi»;
«Biznes huquqi»;
«Xalqaro tijorat huquqi»;
«Shartnoma huquqi»;
«Korporativ huquq»;
«Tabiiy resurslar huquqi»;
«Mehnat huquqi»;
«Jinoyat qonunchililigini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti»;
«Sud ekspertizasi va kriminalistika».