NOU-XAU

NOU-XAU (ing. know how — qandayligini bilaman) , ishlab chiqarish siri — hali hammaga maʼlum boʻlmagan va keng tarqalmagan yangi ilmiy-texnikaviy, i. ch.-texnologik, boshqarish, moliyaviy-iqtisodiy, tijoratga oid bilimlar majmui va ularni amaliyotda qoʻllash tajribalari; ularga tanho ega boʻlish. U korxona uchun ham, shaxs uchun ham muayyan ustunlikni taʼminlaydi. N.-x. turli shakllarda: chiz-malar, sxemalar, yoʻriqnomalar, mah-sulotlar namunalari, i. ch. texnologiyasi va uni tashkil etish, xodimlarni tayyorlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va b. boʻlishi mumkin. Odatda, N.-x. da patentlangan mahsulotga taalluqli maʼlumotlar emas, balki undan foydala-nishni tashkil etish yoki uni i. ch. va oʻzlashtirish xususiyatlariga doyr maxsus axborot boʻladi. N.-x. maxfiyligi bilan ajralib turadi va tijorat siri oshkor etilmasligini talab etadi. N.-x. patentlanmaydi, shuninguchun ham N.-x. boʻyicha shartnomada berilayotgan maʼlumotlar sir saqlanishi va bu shart buzilgan taqdirda koʻriladigan zararni qoplash haqida alohida band boʻladi. Muayyan i. ch. jarayonidagi N.-x. u yoki bu firmaning mulki hisoblanadi va shu sababli oldi-sotdi qilinadi. Odatda, N.x. tovar sifatida patentlar va litsenziyalar bilan birgalikda sotiladi, lekin N.-x. mustaqil sotilishi ham mumkin. N.-x. ni litsenziya bilan birga sotib olish (narxi arzon boʻladi) i. ch. ni yoʻlga qoʻyishni, i. ch. sirlarini toʻla-roq qoʻlga kiritishni, i. ch. ni ishga tushirishda sotuvchi firma mutaxassislari ishtirokini osonlashtiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x