NOSIROVA

NOSIROVA Muhtarama (1925.1.7, Qarshi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 1941-y. dan Mulla Toʻychi Toshmuhamedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrining aktrisasi. «Gʻunchalar» (3. Fatxullin) spektaklidagi Nigor Nosirovaning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Nosirova sahnaviy joziba, mayin va taʼsirli ovozga ega boʻlgani sababli musiqali dramalarda ham katta muvaffaqiyat qozondi: Layli (Xurshid; T. Sodikrv, N. Mironov, «Layli va Majnun»), Shirin (Xurshid; G. Mushel, V. Uspenskiy, «Farhod va Shirin»), Zuhra (S. Abdulla; T. Jalilov, «Tohir va Zuxra») va b. Ayni chogda dramalarda Jamila, Xolisxon (Hamza, «Boy ila xizmatchi», «Xolisxon»), Guli (Uygʻun, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), Hur ona (A. Oripov, «Jannatga yoʻl»), Qurbongul (Fitrat, «Abul-fayzxon»), Mushtipar ona (M. Xalil, «Sehrli uzuk»), Aziza (A. Shalomayev, «Oqibat»), Ona (Sh. Pardayev, «Soʻnggi qurbon») kabi rollarni ijro etdi. «Qadimda boʻlgan ekan» (1995) fil-mida Momo rolini oʻynadi. «Shuxrat» medali bilan takdirlangan (2001).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x