Bolalarda timus(ayrisimon bez).

Bolalarda timus(ayrisimon bez).

Bular orasida timus alohida o’rin tutadi. Yosh hayvonlarda bezning.
olib tashlanishi yoki chaqaloqda uning rivojlanmasligi limfoid kompleksga
salbiy ta’sir ko’rsatadi. Limfatik tugunlar atrofiyaga uchraydi, taloqda eritro- va
miyelopoez davom etib turgan bir vaqtda, limfoid follikullar rivojlanishi
to’xtaydi, qonda lomfopeniya kuzatiladi, immun tanachalar ishlab chiqarilishi
keskin susayadi. Shu sababdan timiusni limfotsitopoez va immunogenezning
markaziy a’zosi deyishadi. Ko’mikdan bezga o’tgan T-limfotsitlarning
o’tmishdoshidan hujayra immunitetini ta’minlaydigan va gumoral immunitetni
boshqarishda ishtirok etadigan T-limfotsitlar yetishadi.
Yangi tug’ilgan chaqaloqning timusi 7,7-34,0 g bo’ladi. Bola 3 yoshga
yetguncha u kattalashadi. 3-20 yosh orasida bezning o’lchami bir me’yorda
bo’lib, keyin kichiklashadi.
Bolaning o’sishi jarayonida timusning po’stloq va mag’iz qismlarining
nisbati o’zgaradi: chaqaloqda po’stloq qismi mag’iz qismidan kattaroq bo’ladi. 1-3 yashar bolalarda bu qismlar tenglashadi, 4-9 yashar bolalarda po’sloq qismi sezilarli darajada kamayadi va bu jarayon keyin ham davom etadi. Timus po’stloq qismining kamayishi limfotsitlar yetilishini sekinlashtiradi. Timusning mag’iz qismidagi hujayralar yoshga bog’liq holda o’z faoliyatini sustlashtirmaydi. Bu qavatda uchraydigan Gassal tanachalari fiziologik faol peptidlar ajralishida ishtirok etsa karak. Timus – “immunologik hotira” a’zosi. Boshqa a’zolarda yetilgan limfotsitlar undan o’tish jarayonida ma’lum ahborotga ega bo’ladi va immunokompetent (immunitetni ta’minlaydigan) holatga o’tadi. Undan tashqari, timotsitlar yemirilganida erkinlashadigan gumoral omillar limfatik tugunlardagi limfotsitlarga immunokompetenntlik baxsh etadi. Timusda sintezlanadigan gumoral omillar limfoid tizim rivojlanishini rag’batlantiradi va limfotsitlar immun faolligini oshiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x