BOLANING TILI CHIQISHI

BOLANING TILI CHIQISHI

DOKTOR KOMAROVSKIY MASLAHATLARI:

Ikki yoshga to’lgan bolaning tili chiqishi kerak. O’zining uchinchi tug’ilgan kuniga qadar bola o’rtacha 300 ta so’zni bilishi, tushunishi, gapira olishi lozim. Bolaning tili vaqtida va ravon chiqishi uchun ota-ona yordam berishi mumkin ekan, deb ta’kidlaydi mashshur Rossiyalik pediatr Komarovskiy.

Buning uchun:

🔴
Bola bilan homiladorligingizdan boshlab suhbatlashishni boshlang.
Homiladorlikning 3 trimestrida bola tovushlarga juda ta’sirchan bo’ladi. Aynan bu davrdan boshlab ona yoki ota o’z farzandi bilan muloyim gaplashishni, klassik musiqalarni qo’yib berishni odat qilishi kerak.

🟠🟠
Yangi tug’ilgan chaqaloq bilan doimo suhbatlashib yuring.
chaqaloqligidan ravon nutqni eshitgan bolani tili chiqishi oson bo’ladi.

🟡🟡🟡
Bolaning ko’zlariga qarab gapiring.
Ota-ona gapirayotganida bola uning lab qimirlashini kuzatadi, shu yo’l bilan uning tili chiqishi osonlashadi.

🟢🟢🟢🟢
Bolaga ko’p savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga savol berishga odatlaning. Savolingizga javob berish niyatida uning aqliy va nutqiy rivojlanishi kuchayadi.
Telefon va kompyuter o’yinlari bolani tili chiqishini keskin sekinlashtiradi.

🔵🔵🔵🔵🔵
Bolaga ko’p ertak o’qing.
Kitobdagi yangi so’z va iboralar bolani tili chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi.

🟣🟣🟣🟣🟣🟣
Bola bilan birga yoki bola uchun qo’shiq ayting.
Musiqa va qo’shiq nutq apparatini rivojlantriadi.

🟤🟤🟤🟤🟤🟤🟤
Bola bilan doimiy ravishda muloqotda bo’ling.
Ovqat qilish davomida ham bolani sabzavotlarni rangini, soni aytishga undasa bo’ladi. Ko’chada atrfodagi buyum va manzaralarni bola bilan birgalikda tahlil qilsa bo’ladi.

⚫️⚫️⚫️⚫️⚫️⚫️⚫️⚫️
Bola tilida suhbatlashmang.
Bola 6 oydan o’tgach u bilan og’izni cho’chchaytirib «shiringina» gapirishning foydasi yo’q. Bolaning tili chiqishida bu qiyinchilik tug’diradi.

Manba©
@YOSH_ONALARGA_MASLAHATLAR

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x