AHMAD JALOYIR

AHMAD JALOYIR ibn Sulton Uvays (? — 1410) — Jaloyiriylar sultoni (1382—1410). Akasi Husayn hukmronligi davrida Basra noibi boʻlgan (1375-y. dan). 1382-y. isyon koʻtarib poytaxt Tabrizni egallagan va akasini qatl etishga farmon bergan; biroq qolgan akalari bilan boʻlgan shiddatli kurashlardan soʻnggina davlatning oliy hukmdori deb tan olingan (1384-y. dan). Hukmronligining dastlabki yillari (1386—87) da Tabrizni Toʻxtamishxon, soʻng Amir Temur, keyin qora qoʻyunlilar boshligʻi Qora Muhammad egallagan. 1393-y. Tabrizdan keyingi ikkinchi yirik shaharBagʻdod ham Temur tomonidan zabt etilgan. A. J. Misrga qochgai va 1394-y. yanv. da Bagʻdodga qaytib, qora qoʻyunlilardan Qora Yusuf yordamida bir necha yil hokimiyatni boshqargan. 1401-y. iyulda Bagʻdod Temur tomonidan ikkinchi marotaba fath qilingan; A. J. shaharni ilgariroq tashlab chiqib Qora Yusuf b-n birga avval Shom (Suriya) ga, soʻngra Kichik Osiyoga yoʻl olgan. Temur va Boyazid oʻrtasidagi urushyaan foydalanib, Bagʻdodni qisqa muddat egallab turgan, soʻng ittifoqchisi Qora Yusuf bilan yana Shomga qochgan. Bagʻdodni egallagan temuriy shahzoda Abu Bakr ularni taʼqib qilgan. Shomda Ahmad Jaloyir va Qora Yusuf hibsga olingan va 1405-y. da, Temur vafotidan soʻnggina ozod qilinganlar. 1410-y. 30 avg. da Ahmad Jaloyir qoʻshini Tabriz yaqinida Qora Yusuf tomonidan tor-mor keltirilgan, oʻzi esa qatl etilgan. Manbalarga koʻra, Ahmad Jaloyir shafqatsiz, makkor hukmdor boʻlsada, jasur jangchi, olimlar, shoirlar rahnamosi boʻlgan, arab va fors tillarida sheʼrlar hamda musiqaga oid bir qancha risolalar yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x