Bolaning tili chiqishi muammolari — Dislaliya

Dislaliya odatda 3-4 yoshli bolalarda uchraydigan holat. Bunda bola 3-4 yoshga kelib yaxshi gapiradi, o’z istaklarini to’liq va aniq bayon eta oladi, lekin ayrim so’zlarni «bolalarcha» talaffuz qiladi. Masalan, «moshina» so’zining o’rniga «monina» deydi, yoki «kolbasa» deyishning o’rniga «kolbasha» deb talaffuz qilishi mumkin.

Dislaliya 2 xil bo’ladi: funksional va mexanik.

Mexanik dislaliyaga bola og’zidagi nutq apparatida (tishlar joylashuvi, jag’lar shakli) nuqson mavjudligi sabab bo’ladi. Mexanik dislaliya diagnozi qo’yilganda ortodont bilan logoped davolashi lozim bo’ladi. Odatda og’zi bilan bajariladigan maxsus mashg’ulotlar yetarlicha bo’ladi. Ayrim holatlarda jarroxlik yo’li qo’llaniladi.

Funksional dislaliyada bolaning nutq apparatida hech qanday nuqson bo’lmay bola gapirayotganda tilini noto’g’ri ishlatadi, uni noto’g’ri joylashtirgan holda gapiradi, natijada so’zlar buzuq tarzda talaffuz etiladi.

Buning sababi:

1. Bolaning umumiy sog’lig’i yaxshi emasligi (o’tkir kasallikni boshidan kechirgani);

2. O’ta minimal, boshqa faoliyatga ta’sir qilmaydigan miya disfunksiyalari;

3. Nutq rivojlanishining kechikishi. Bu sabab odatda kattalar tufayli yuzaga keladi. Bola bilan kam gaplashganda yoki bola bilan uning tilida so’zlarni «bolalarcha» talaffuz qilib gaplashganda bolaning nutqi kech rivojlanadi.

4. Oilada ota yoki ona nutqida nuqson mavjud bo’lsa, bola ularning talaffuz qilish holatini ko’chirib gapiradi.

Funksional dislaliyani 5 yoshgacha davolamaydi. Agar 5 yoshgacha bola ayrim so’zlarni noto’g’ri talaffuz qilayotgan bo’lsa, u bilan to’g’ri va ravon gaplashib, unga she’rlar o’rgatib, qo’shiqlar ettirib kuting. Lekin 5 yoshli bola «quyosh» deyishning o’rniga «quyos» deyayotgan bo’lsa, demak uni mutaxassisga ko’rsatish lozim.

Odatda logopet maxsus og’iz mashg’ulotlarini o’rgatadi va bola talaffuz qila olmayotgan tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishni ko’rsatib, maxsus logopedik yo’llar bilan bu tovushlarni bola nutqida mustahkamlaydi.

Qo’shimcha qilib bolaning eshitish qobiliyatini rivojlantirib borish kerak bo’ladi. Buning uchun kitoblarni o’qib berish, bolalar qo’shiqlarini va musiqasini eshitish, audioertaklarni tinglash lozim.

Yana bir kichik maslahat bolani nutqini rivojlantirishda og’iz mushaklarini kuchaytirish katta foyda beradi. Bolaga sabzi, olma, suxarik yoki qattiq turshak kabi yeguliklardan g’ajish uchun berib turilsa, foydadan xoli bo’lmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x