AQSH MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI

AQSH MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI — 1876-y. da Shim. Amerikadagi Angliya mustamlakalarida milliy ozodlik urushi davom etayotgan paytda qabul qilingan hujjat. Unda Shim. Amerikaning Angliya qoʻl ostidan ajralib chiqqanligi va yangi, mustaqil AQSH davlati tashkil topganligi eʼlon qilindi. Loyihasini milliy ozodlik xarakati ar-boblaridan Tomas Jefferson tayyorlagan. Ushbu Deklaratsiyada xalqlarning mustaqilligi gʻoyasi, barcha kishilar qonun oldida teng hamda «yashash, erkinozod boʻlish va baxt-saodatga intilish» huquqiga ega ekanligi baralla ifodalandi. U inson huquqlarining ilk deklaratsiyasi sifatida katta tarixiy ahamiyat kasb etdi, jahon boʻylab mustabidlikka qarshi kurashga daʼvat boʻlib yangradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x