Kirish imtihonlarida kimlar to’lovdan ozod qilinadi? — yangi ro’yhat

Kirish imtihonlarida to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi ko‘paydi.

Kirish imtihonlarida qatnashish uchun qabuldan oldingi yillarda o‘qishni tugatgan abituriyentlardan to‘lov undiriladi. Faqat ma’lum toifadagi abituriyentlar bunday to‘lovdan ozod qilingan. Bu yilgi qabuldan imtihonda qatnashish uchun pul to‘lamaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi
Davlat test markazining ma’lum qilishicha, qonunchilikka muvofiq, kirish imtihoni o‘tkazilayotgan yildan oldingi yillarda maktab, kollej, liseyni tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun BHMning yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
O‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va mehribonlik uylari bolalari, bolalar shaharchasining bitiruvchilaridan bunday to‘lov undirilmaydi.
Prezident farmoniga ko‘ra, to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasiga:

• “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;

• “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar ham kiritildi.

Bu yilgi qabulda bu ikki toifadagi abituriyentlar ham imtihon uchun pul to‘lamaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x